Skip to content

Ulanish oqimi (Flow B) ​

Bu oqim sizning mahsulotingizda boshlanadi — o'z interfeysingizdagi "Bito'ga ulanish" tugmasidan. Siz mijozni Bito kirish sahifasiga yuborasiz, Bito uni autentifikatsiya qiladi va avtorizatsiya kodi bilan sizga qaytaradi.

text
Sizning ilova            Mijoz brauzeri                Bito
   |                            |                        |
   |  1. id.bito.uz/oauth/auth  |                        |
   |     ga yo'naltirish        |                        |
   |--------------------------->|                        |
   |                            |  2. kirish             |
   |                            |     (telefon + parol)  |
   |                            |----------------------->|
   |                            |                        |
   |                            |  3. akkaunt tanlash    |
   |                            |     va tasdiqlash      |
   |                            |----------------------->|
   |                            |                        |  kod, 20 daqiqa
   |                            |  4. qaytarish          |
   |                            |     ?code=X&state=Y    |
   |                            |<-----------------------|
   |  callback?code=X&state=Y   |                        |
   |<---------------------------|                        |
   |                                                     |
   |  5. POST /auth/oauth/token                          |
   |---------------------------------------------------->|
   |     { access_token, refresh_token, expires_in }     |
   |<----------------------------------------------------|

1. Mijozni Bito'ga yuboring ​

text
https://id.bito.uz/oauth/auth
  ?response_type=code
  &client_id=<client_id>
  &redirect_uri=<url-encoded callback>
  &scope=<scopes>
  &state=<tasodifiy CSRF satri>

Misol

text
https://id.bito.uz/oauth/auth?response_type=code&client_id=69c50a2d50f7b939923a469b&redirect_uri=https%3A%2F%2Fexample-app.com%2Fcallback&scope=admin&state=xcoiv98y2kd22vusuye3kch
ParametrMajburiyTavsif
response_typeHaDoim code
client_idHaSizning OAuth client id
redirect_uriHaURL-kodlangan qaytish manzili. Integratsiyangizda ro'yxatdan o'tgan redirect_uri'ni yuboring.
scopeHaSo'ralayotgan huquqlar: admin, read, write, delete
stateQat'iy tavsiya etiladiTasodifiy qiymat. Bito uni o'zgarishsiz qaytaradi — qaytishda solishtiring, bu CSRF'dan himoya.

/oauth/auth — avtorizatsiya sahifasining asosiy manzili. Mijoz hali kirmagan bo'lsa, Bito uni shu parametrlar bilan kirish sahifasiga o'tkazadi va kirgandan keyin avtorizatsiyani davom ettiradi.

2. Mijoz autentifikatsiyadan o'tadi ​

Bu ekran to'liq Bito'ga tegishli. Mijoz telefon raqami va parolini kiritadi, bir nechta akkaunti bo'lsa, kerakligini tanlaydi va so'ralgan huquqlarni tasdiqlaydi.

Tanlangan akkauntda mijoz egasi yoki qo'shimcha egasi bo'lishi kerak — oddiy xodim ulay olmaydi. Akkauntning boshlang'ich sozlamasi (onboarding) ham yakunlangan bo'lishi shart, aks holda kodni tokenga almashtirish rad etiladi.

INFO

Siz kirish formasini yozmaysiz va mijozning parolini hech qachon ko'rmaysiz.

3. Bito kod bilan qaytaradi ​

text
https://example-app.com/callback?code=abc123def456&state=xcoiv98y2kd22vusuye3kch
ParametrTavsif
codeAvtorizatsiya kodi. Bir martalik, 20 daqiqa yashaydi.
state1-qadamda yuborgan qiymatingiz. Mos kelmasa, so'rovni rad eting.

4. Kodni tokenga almashtiring ​

So'rov Flow A bilan bir xil: Tokenlar bilan ishlash → Avtorizatsiya kodini almashtirish.

WARNING

Almashtirish faqat serverda bajariladi. client_secret mijoz brauzeriga tushmasligi kerak.

Bito 2.0 Integration API